This content originally appeared on DEV Community and was authored by Ozodbek
Bugun biza C# dasturlash tilidagi legenda xususiyatlardan biri bo'lmish Pattern Matchinglarni ko'rib o'tamiz!
Bu postni ham ma'lum bir sabablarga ko'ra savol javob orqali yoritib boraman.
1 savol - Pattern Matching nima ?
_C# dasturlash tilida
Pattern Matching
- bu kod ichida turli ma'lumot turlarini aniqlash va ular ustida ishlash ustida turli xil amallar bajarish uchun ishlatiladi. C# dasturlash tilida bu xususiyat odatda swtich case, if else operatorlari yordamida ishlatiladi. _
2 savol: Pattern Matching C# da qachon paydo bo'lgan ?
Pattern Matching
C# dasturlash tilida ilk bor C# 7.0 versionda paydo bo'lgan. Undan keyin esa C# (8.0, 9.0, 10.0, 11.0, 12.0 ∞) larda ancha kengaytilishni boshlagan, hozirgacha C# kuchayishdan to'xtamayapdi 🔥
3 savol: Pattern Matching yordamida turli ma'lumot turlarini qanday qilib tekshiramiz ?
_Pattern Matching orqali ma'lumot turlarini tekshirib olish uchun
is
kalit so'zidan foydalaniladi. _
Misol uchun:
object obj = "Ozodbek";
if (obj is string)
Console.WriteLine(true);
else
Console.WriteLine(false);
_ushbu kodda
is
yordamida biz "Ozodbek"ni string ekanligini aniqlashimiz mumkin. Hozir bu yerda natijatrue
qaytadi. Sababini tushuntirib o'tirmayman. _
4 savol: Switch case da Patterns qanday ishlaydi ?
Switch case orqali C# 7.0 dan beri ishlab kelmoqda, biz esa hozirgi kundagi holatini ko'rib o'tamiz 👇
object obj = 17;
switch (obj)
{
case int i: Console.WriteLine("Butun son. Ya'ni integer"); break;
case double d: Console.WriteLine("O'nlik. Ya'ni double"); break;
case string s: Console.WriteLine("String matn. Ya'ni harf, son aralash belgilar"); break;
default: Console.WriteLine("Boshqa tip"); break;
}
Bu yerda qaysi tipga mas'ul ekanini korishimiz mumkin bo'ladi.
*5 savol: * Tuple Pattern nima va u qanday ishlaydi ?
_Tuple Pattern yordamida bir nechta qiymatlarni tekshirishimiz mumkin. Ming marta nazariya o'qigandan bir mart ko'rib review qilgan yaxshi deganlaridek👇 _
Console.WriteLine("Sonlarni birma bir kiriting! Har bir sonni kiritgandan keyin enter tugmasini bosishni unutmang! Ogohlik Tashkent talabi!");
(int, int) raqam = (int.Parse(Console.ReadLine() ?? ":)"), int.Parse(Console.ReadLine() ?? ":)"));
switch (raqam)
{
case (0, 0): Console.WriteLine("Xato son kiritdingiz!"); break;
case (23, 17): Console.WriteLine("Xato son kiritdingiz, Lekin sal yaqinlashtingiz!"); break;
case (17, 23): Console.WriteLine("Tog'ri son kiritdingiz!"); break;
default: Console.WriteLine("Boshqa son kiritdingiz!"); break;
}
6 savol: Property Pattern nima ?
Property pattern yordamida obyektning xususiyatlarini tekshirishimiz mumkin!
public class Circle
{
public int Radius { get; set; }
}
var shakl = new Circle { Radius = 5 };
if (shakl is Circle { Radius: 5 })
{
Console.WriteLine("Bu doirani radiusi 5 ga teng!");
}
Bu yerda property pattern yordamida shaklning Radiusi aniqlanadi
Davomi bor
https://chatgpt.com/share/12ee29aa-2b10-41e9-b577-540e6b35620a
This content originally appeared on DEV Community and was authored by Ozodbek
Ozodbek | Sciencx (2024-06-26T13:29:03+00:00) Pattern Matching | Uzbek | C#. Retrieved from https://www.scien.cx/2024/06/26/pattern-matching-uzbek-c/
Please log in to upload a file.
There are no updates yet.
Click the Upload button above to add an update.