This content originally appeared on DEV Community and was authored by madina1575
Salom!!!
Bugun o'zgaruvchilar va ma'lumot turlari, ular bir - birisiz tushunish qiyin bo'lgani uchun ma'lumotlarni zanjir uslubida qabul qilasiz degan umiddaman!
O'zgaruvchi
- kompyuter xotirasida ma'lum bir qiymatni saqlash uchun ishlatiladi.
Ma'lumot turlari
- o'zgaruvchi oldidan yoziladi va o'zgaruvchilarning qanday turiga tegishli ekanligini anglatadi.
Mavzularni davom etishdan oldin bu terminlarni tushunmaydigan do'stlarimizga ham biroz tushuncha bersak:
O'zgaruvchini biror bir quti deb tasavvur qilsak, uning ichiga nima sig'ishini, nima solish mumkinligini uning hajmidan, ko'rinishidan bilsak bo'ladi. Aynan ko'rinishi va hajmini haqiqiy hayotda ko'zimiz bilan aniqlasak, c++ dasturlash tilida biz ma'lumot turlaridan bilsak bo'ladi! Ha, aytgancha o'zgaruvchilar nega aynan qutiga o'xshaydi desangiz quti ichiga ham biror bir narsangizni solib, saqlab qo'ya olasiz, xoh u ruchkadek kichik bo'lsin, xoh kitobdek qalin!
Endi ma'lumot turlarining xilma - hilligini ko'rib chiqamiz:
1 - chisi aynan butun sonlar
uchun ishlatiladi hotiradan oladigan hajmiga ko'ra 4 xil
bo'ladi:
1.integer => int deb yoziladi. => 4 byte => 32 bit
2.long. => 8 byte => 64 bit
3.long int. => 8 byte => 64 bit
4.long long. => 16 byte => 128 bit
2 - chisi esa kasr sonlar
uchun ishlatiladi:
1.float => 4 byte => 32 bit
2.double => 8 byte => 64 bit
3.long double =>
3 - chisi bo'lsa tekst va matnlar
uchun ishlatiladi:
1.string => 32 byte => 256 bit
4 - chisi belgilar
uchun ishlatiladi:
1.char => 1 byte => 8 bit
O'zgaruvchilar va ma'lumot turlari bir-biriga bog'liqligi ularning birga e'lon qilinishiga bog'liq.
O'zgaruvchilarni e'lon qilish ingliz tilida - DECLARATION
deb aytiladi.
int son;
float kasrson;
string ism;
char belgi;
Mavzu boshida aytganimizday o'zgaruvchilarga qiymat berish
, saqlash mumkin. Uning 2 xil
usuli bor:
1-chisi. O'zgaruvchini e'lon qilib pastgi qatordan qiymat berish mumkin.
int son;
son = 10;
string ism;
ism = "Sarvar";
2-chisi. O'zgaruvchi e'lon qilingan qatorda qiymat berilishi.Bu holat ingliz tilida INITIALIZATION
deb aytiladi.
float kasrson = 1.4;
char belgi = '+';
Agar biror bir kamchilik bo'lsa oldindan uzur!
This content originally appeared on DEV Community and was authored by madina1575
madina1575 | Sciencx (2024-10-21T19:10:20+00:00) O’ZGARUVCHILAR VA MA’LUMOT TURLARI. Retrieved from https://www.scien.cx/2024/10/21/ozgaruvchilar-va-malumot-turlari/
Please log in to upload a file.
There are no updates yet.
Click the Upload button above to add an update.